Jamiyat | 08:41 / 14.07.2024
3847
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida Gentra’ga urilgan Damas ag‘darilib ketdi

Foto: Toshkent viloyati YHXB

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida Gentra’ga urilgan Damas ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Holat 13 iyul kuni soat taxminan 14:30 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yo‘lining 23-kilometrida sodir bo‘lgan.

Yangiyo‘l—Toshkent yo‘nalishida haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan X.Sh. Damas’ni boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan, 1990 yilda tug‘ilgan M.I. boshqaruvidagi Gentra’ning orqa qismiga borib urilishi natijasida ag‘darilib ketgan. 

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida Damas’ning bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani Ichki ishlar boshqarmasi YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid