Jahon | 09:19 / 15.07.2024
19232
2 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt «juda katta» neft konini topdi

Kuvayt neft korporatsiyasining xabar berishicha, topilgan neft koni zaxiralari 3,2 milliard barrelga baholanmoqda.

Foto: AFP

Kuvayt neft korporatsiyasi (KNK) Fors ko‘rfazidagi Kuvaytning Faylaka oroli sharqida «juda katta» Al-Nohata neft konini topgani haqida xabar berdi. Uning zaxiralari mamlakatdagi butun qazib olish hajmining uch yillik qiymatiga teng, dedi korporatsiya bosh direktori shayx Navaf Saud Al-Sabah 14 iyul, yakshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi KNK sahifasida joylashtirilgan videoda.

Al-Sabahning aytishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, konda taxminan 2,1 milliard barrel neft va 5,1 trillion kub fut gaz bo‘lishi mumkin, bu taxminan 3,2 milliard barrel neft ekvivalentiga teng. 

Quvayt dunyodagi eng yirik neft zaxiralariga ega. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yakunida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u dunyoda oltinchi o‘rinni egalladi va mamlakatning umumiy neft zaxiralari 100 milliard barreldan ko‘proq yoki jahon umumiy zaxirasining 6,55 foizini tashkil etadi.

Mavzuga oid