Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda elektroskuter haydovchisi piyodani urib yubordi
Piyoda bilan to‘qnashuvdan so‘ng uning o‘zi ham rul boshqaruvini yo‘qotib elektroskuterdan yiqilgan. YTH natijasida elektroskuter haydovchisi va piyoda tan jarohat olgan.
Joriy yilning 14 iyul kuni soat 20:30 larda Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasida haydovchi, 2001 yilda tug‘ilgan B.S. elektroskuter transport vositasini boshqarib ketayotib YTH sodir etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, u piyoda, 1983 yilda tug‘ilgan N.N.ni urib yuborib, piyoda bilan to‘qnashuvdan so‘ng o‘zi ham rul boshqaruvini yo‘qotib elektroskuterdan yiqilgan.
YTH natijasida elektroskuter haydovchisi va piyoda tan jarohat olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:53 / 02.02.2026
Samarqanddagi YTH oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
11:50 / 29.01.2026
Chilonzorda ko‘prik ustida 4 ta avtomobil to‘qnashdi
11:38 / 27.01.2026