Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ombudsman vakolatlari kengaytirilishi mumkin
O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha vakilning vakolatlari kengaytirilishi kutilmoqda.
17 iyul kuni Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan “Oliy Majlis inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.
Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan qonun loyihasi 9 bob, 56 moddadan iborat. Qonun loyihasi bilan ombudsmanning institutsional asoslarini mustahkamlash maqsadida xalqaro tajribani o‘rgan holda unda ombudsman o‘z oldida turgan vazifalarini moneliksiz va samarali amalga oshirishi uchun qo‘shimcha kafolatlar belgilanmoqda.
Ombudsmanning faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruza Oliy Majlis palatalarining majlislarida har yili eshitilishi nazarda tutilmoqda. Davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risida ombudsman tomonidan prezident va Oliy Majlis palatalariga axborot taqdim etish tartibi mustahkamlanyapti.
Yakunda ishchi guruh tomonidan qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun kiritishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
22:08 / 20.09.2025
Toshkentda yosh qizlarga uyatsiz harakatlar qilgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
00:28 / 12.09.2025
Kriptovaluta orqali 170 ming dollar pulini o‘zgalarga o‘tkazib yuborgan fuqaro ombudsmanga murojaat qildi
11:22 / 27.08.2025
Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi
21:20 / 06.08.2025