Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi
Termiz shahridagi ikkita oliy o‘quv yurti negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilmoqda. Ilgari faoliyat yuritgan OTM barcha talabalari yangi universitetda o‘qishini davom ettiradi.
O‘zbekiston prezidentining «Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini qo‘shib yuborish orqali ularning negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etiladi.
Universitetda muhandislik, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda hududning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanadi.
Universitetda 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.
Yirik ishlab chiqarish korxonalari universitetning Ilg‘or muhandislik maktabiga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.
Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda universitet diplomi beriladi.
Universitet Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
14:36 / 24.10.2024
“Bir oyda foydalanishga topshiramiz” – Agrar universiteti yotoqxonasi ta’miridagi kamchiliklar bartaraf etilayotgani aytildi
12:30 / 23.10.2024
Minnesota universitetida Falastin tarafdorlari aksiyasi ishtirokchilari ushlandi
18:17 / 18.10.2024