Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Vengriya tabiiy ofatlarga qarshi kurashish sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy boshqarmasi bosh direktori o‘rinbosari, general-mayor Kristian Erdeli bilan muzokara o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Vengriya tabiiy ofatlarga qarshi kurashish sohasidagi hamkorligini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.
Vengriya vakili O‘zbekiston tomoni bilan favqulodda vaziyatlarni boshqarish va tabiiy ofatlar oqibatlariga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan bu borada tajriba almashish, o‘zaro tashriflar tashkil etish, shuningdek, aniq tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzolash bo‘yicha yaqin aloqalar o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026
Vengriya ukrain mahsulotlari importini yana taqiqladi
09:03 / 11.05.2026