Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada hududlardan voz kechishga tayyor bo‘lganlar ulushi ortdi
Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil may oyida 32 foiz fuqarolar hududiy imtiyozlarga rozi bo‘lgan, bu ko‘rsatkich bir yil oldin bor-yo‘g‘i 10 foiz edi.
Harbiy harakatlarni tugatish uchun hududlardan voz kechishga tayyor ukrainaliklarning ulushi so‘nggi bir yil ichida uch baravar oshdi. Buni Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti 23 iyul, seshanba kuni e’lon qilgan so‘rov ma’lumotlari tasdiqlaydi.
Sotsiologlar ta’kidlaganidek, 2022 yilning mayidan 2023 yilning mayigacha bo‘lgan davrda vaziyat nisbatan barqaror edi: respondentlarning taxminan 8-10 foizi Rossiyaga hududiy yon berishga tayyor, mutlaq ko‘pchilik – 82-87 foiz har qanday imtiyozlarga qarshi chiqqan.
Biroq, 2023 yilning may-oktyabr oylari orasida Ukraina muvaffaqiyatsiz qarshi hujumni boshlaganida, bu ko‘rsatkich o‘sishni boshladi. «Shunday qilib, 2023 yil oxiriga kelib, imtiyozlar berish istagi 19 foizga, 2024 yilning fevralida – 26 foizga, 2024 yilning may oyida – 32 foizgacha oshdi», — deyiladi ma’lumotda.
Shu bilan birga, urushni tugatish uchun hududiy imtiyozlarga qarshi chiqqanlar soni yil davomida 29 foizga - 84 foizdan 55 foizga kamaydi. Ushbu dinamika mamlakatning taxminan barcha hududlarida kuzatilmoqda, lekin janubda eng sezilarli darajada.
Mavzuga oid
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
19:49 / 16.06.2026