Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dzyudochi Boltaboyevning raqibi doping tufayli Olimpiadadan chetlatildi
Parij-2024 Olimpiadasida doping bilan qo‘lga tushgan birinchi sportchi ma’lum bo‘ldi.
Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi kerak bo‘lgan iroqlik dzyudochi Sajjod G‘anim Sihin doping tufayli Parij-2024 olimpiadasidan chetlatildi.
28 yoshli sportchining qonida metandiyenon va boldenon taqiqlangan moddalari topilgan. Bu 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida doping iste’mol qilgani uchun diskvalifikatsiya qilingan birinchi holatdir.
Xalqaro doping-test agentligi (ITA) xabariga ko‘ra, sportchining qon tahlili 23 iyul kuni Parijda olingan. Laboratoriya tekshiruvi natijalari 25 iyul kuni ma’lum bo‘lgan. Sajjod G‘anim Sihin ITA qarori ustidan Sport arbitraj sudiga shikoyat qilish huquqiga ega.
Iroqlik sportchi 81 kg vazn toifasida ishtirok etishi, 30 iyul kuni 1/16 final bosqichi doirasida o‘zbekistonlik Sharofiddin Boltaboyev bilan jangi rejalashtirilgandi. Endi o‘zbekistonlik dzyudochi to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Mavzuga oid
17:53 / 14.11.2025
Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov doping tufayli 3 yilga chetlatildi
21:35 / 03.10.2025
Ramazon Temirov bir yilga diskvalifikatsiya qilindi
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
20:54 / 08.08.2025