Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli tayinlandi
Yusuf Qobuljonov O‘zbekistonning Rossiyadagi Primorsk o‘lkasi, Vladivostok bosh konsulxonasiga rahbar qilib tayinlandi.
Yangi konsul Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Yuriy Melnikov va Rossiya Ichki ishlar vazirligining o‘lka bo‘yicha rahbariyati bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, mazkur hududda vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekistonda tashkil etilgan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi, respublika fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda Bosh konsulxonaning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining Primorsk o‘lkasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari, O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada bo‘lishi masalalari, fuqarolar huquqlarining buzilishi holatlari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston fuqarolari huquqlari buzilishining oldini olish maqsadida tegishli organlarda tushuntirish va profilaktika ishlarini olib borish, huquqbuzarliklarini oldini olish uchun o‘zbekistonliklar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarni muntazam o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
09:57 / 02.04.2026
Ayrim o‘zbekistonliklar Vladivostok aeroporti orqali Rossiyaga kiritilmadi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025