Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning dafn marosimi Dohada bo‘lib o‘tadi
1 avgust kuni Tehronda Ismoil Haniya bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tadi, 2 avgust kuni esa HAMAS yetakchisining jasadi Qatar poytaxtida dafn etiladi.
Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning dafn marosimi Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tadi.
HAMAS harakati bayonotida 1 avgust kuni Tehronda Ismoil Haniya bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tishi, shundan so‘ng HAMAS yetakchisining jasadi Tehrondan Dohaga yetkazilishini ta’kidladi.
Bayonotda qayd etilganidek, 2 avgust kuni Qatar poytaxtida aholi, Falastin fraksiyalari hamda arab va islom davlatlari vakillari ishtirokida janoza namozi va dafn marosimi bo‘lib o‘tadi.
Tehronda HAMAS yetakchisining o‘ldirilishi
Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya Eronning yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronga keldi.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) 31 iyul kuni ertalab Eron poytaxtida Ismoil Haniya qarorgohiga zarba berilgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Eron va HAMAS Isroilni qotillikni uyushtirganlikda aybladi. Biroq Isroil rasmiylari voqeaga izoh berishdan o‘zini tiyib turibdi.
Ismoil Haniya 2017 yil 6 may kuni HAMAS siyosiy byurosi rahbari etib saylangan edi. U bu lavozimda Xolid Mashal o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
20:09 / 08.05.2026
Isroil hujumi natijasida Hamas bosh muzokarachisining o‘g‘li halok bo‘ldi
14:15 / 20.04.2026
Hamas rasmiylari guruh ba’zi qurollarini topshirishga tayyorligini bildirdi
17:42 / 07.04.2026
Tinchlik kengashi Hamasdan tez orada qurolsizlanishni talab qilmoqda
13:30 / 15.03.2026