BMT vakili: Yaqin Sharqda kuchayib borayotgan mojaro har tomonlama falokatli
Gumanitar nuqtayi nazardan, bu halok bo‘lganlar, yaralanganlar va ko‘chirilgan tinch aholi sonining ko‘payishini anglatadi, dedi Filippo Grandi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Qochqinlar ishi bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi Yaqin Sharqdagi mojarolarning kengayishi «falokat» ekanligini aytdi.
X ijtimoiy media-platformasida e’lon qilingan bayonotda Grandi: «Yaqin Sharqdagi mojarolarning kengayishi har jihatdan falokatlidir», dedi.
Gumanitar nuqtayi nazardan qaraganda, bu ko‘proq tinch aholi halok bo‘lgan, yaralangan va ko‘chirilgan degan ma’noni anglatadi, deya qo‘shimcha qildi Grandi va yordamning qisqarishi tufayli mintaqada hamda butun dunyoda muhtojlarga kamroq yordam berilishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
14:47 / 18.12.2024
Isroil nega Suriyaga to‘satdan zarba berdi va yangi kuchlar taqsimotidan nimalar kutilmoqda?
11:15 / 12.12.2024
O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida 530 dan ortiq fuqarosini Yaqin Sharqdan qaytardi
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
17:59 / 09.12.2024