Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston huquq ustuvorligi indeksida 140 davlat orasida 78-o‘rinni egalladi
Indeksni tuzishda dunyoning 140 ta davlatidan 150 mingdan ortiq uy xo‘jaligi va 4 mingga yaqin huquqshunos o‘rtasida so‘rov o‘tkazilgan hamda qonuniylik darajasi baholangan.
O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida Xitoy, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarni ortda qoldirib, 140 ta davlat orasida 78-o‘rinni egalladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.
Huquq ustuvorligi indeksi har yili World Justice Project xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tuziladi. Indeksni tuzishda dunyoning 140 ta davlatidan 150 mingdan ortiq uy xo‘jaligi va 4 mingga yaqin huquqshunos o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi hamda qonuniylik darajasi baholandi.
Indeks 8 ta indikatorni, jumladan, hokimiyat vakolatlarining cheklanganligi, korrupsiyadan xolilik, davlat institutlari faoliyatining ochiqligi (shaffofligi), asosiy huquqlarni himoya qilish, tartib va xavfsizlik, huquqni muhofaza qilish, fuqarolik va jinoiy odil sudlov kabilarni o‘z ichiga oladi.
Qayd qilinishicha, joriy yilda O‘zbekistonning barcha 8 ta indikator bo‘yicha ko‘rsatkichlari yaxshilangan.
Mavzuga oid
08:17 / 01.06.2026
Elektr energiyasiga talab oshib bormoqda: dunyo reytingi taqdim etildi
08:05 / 15.05.2026
Dunyodagi eng yirik portlar reytingi e’lon qilindi
08:17 / 11.05.2026
Mis zaxiralari qaysi davlatlarda to‘plangan? Jahon reytingi
08:38 / 22.04.2026