Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Ukraina F-16 samolyotlarini qabul qilib olganini bildirdi
Ukraina prezidenti Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari kunida F-16 samolyotlari olinganini e’lon qildi.
Foto: Valentyn Ogirenko/Reuters
Prezident Volodimir Zelenskiy Ukraina allaqachon F-16 samolyotlarini qabul qilib olganini aytdi.
«Biz aviatsiyamiz salohiyatini mustahkamlash, havo hujumidan mudofaa, Mudofaa kuchlarimiz salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha yuzlab uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdik. Javob sifatida «mumkin emas» so‘zini tez-tez eshitdik, lekin biz o‘z ambitsiyamiz, mudofaa ehtiyojimiz bo‘lgan narsani amalga oshirdik va endi bu osmonimizda haqiqatga aylandi. F-16 Ukrainada. Biz buni qildik», dedi Zelenskiy 4 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari kunida.
Davlat rahbari F-16 samolyotlari va o‘qitilgan uchuvchilar soni hali ham yetarli emasligini ta’kidladi.
«Ukraina hamkor davlatlardan qo‘shimcha qiruvchilarni kutmoqda, bizning uchuvchilar va muhandislarimiz esa tegishli ta’lim va tayyorgarlikni davom ettirmoqda», dedi u.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati askarlarni taqdirlash marosimida F-16, MiG-29 va Su-27 qiruvchi samolyotlari osmonda parvoz qilgani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
11:00 / 03.11.2025
Zelenskiy Germaniyaga Patriot majmualari uchun minnatdorlik bildirdi
10:28 / 03.11.2025
Belgiya mudofaa vaziri: dronlar F-16 haqida razvedka ma’lumoti to‘playapti
10:49 / 25.10.2025
Zelenskiy: RF neft sektoriga bosimni kengaytirish kerak
08:23 / 25.10.2025