Belgiya harbiy bazalari ustida uçayotgan dronlar qiruvçilar va öq-dorilarga oid ma’lumot töplayapti. Bu haqda Belgiya mudofaa vaziri Teo Franken 2 noyabr kuni RTBF telekanaliga ma’lum qildi.

«Ular (dronlar) josuslik qiliş uçun kelyapti — F-16'lar qayerda, öq-dorilar qayerda joylaşgani va boşqa strategik muhim ma’lumotlarni qayd etiş uçun», — dedi Franken.

Belgiya mamlakat şimoliy-şarqidagi Per şahrida joylaşgan NATOning Klyayne-Brogel havo bazasi uzra uçuvçisiz apparatlar körilgani haqida xabarlar kelib tuşgaç, tekşiruv boşladi. U yerda AQŞda işlab çiqilgan, yadroviy qurol taşişi mumkin bölgan Belgiyaning F-16 qiruvçilari bor, şuningdek bu yerda F-35 samolyotlari ham joylaştiriladi, deb yozdi Politico naşri.

Uşbu aviabaza oktyabr oyida alyans hududini yadroviy qurol bilan mudofaa qiliş böyiça NATOning yillik maşqlari uçun foydalanilgan. Manyovrlarda taxminan 2 ming harbiy iştirok etgan.

«Ruslar bunga (havo hududiga kirib boriş) barça Yevropa mamlakatlarida urinib köryapti», — degan edi öşa payt Franken. Uning sözlariça, Moskva Klyayne-Brogel atrofidagi hodisaga bevosita aloqadormi-yöqmi — «aytiş qiyin». «Ammo motivlar aniq, va bunday harakatlarni amalga oşiriş usullari ham mutlaqo ravşan», — deya qöşimça qildi u.

Kutilişiça, kelasi hafta Belgiya mudofaa vaziri qiymati 50 mln yevro bölgan milliy dronlarga qarşi çora-tadbirlar tizimini joriy etiş rejasini taqdim etadi. U avvalroq Radio 1'ga bergan intervyusida paket doirasida dronlarni aniqlaş, ularni işdan çiqariş tizimlari moliyalaştirilişini aytgan.

NATOning şimoliy-şarqiy Belgiyadagi aviabazasi ustida ilgari ikki marta noma’lum dronlar körilgan. Dronlar paydo bölgani 2 noyabrga ötar keçasi, şuningdek, undan oldingi keçada aniqlaş tizimi tomonidan qayd etilgan.

Şu bilan birga, dronlar bilan kuraşuvçi tizim dronlarga samarali qarşi tura olmaganiga, ehtimol, obektlargaça masofa kattaligi yoki radiosignal çastotalari notöğri tanlangani sabab bölişi mumkinligini Franken qayd etdi. Dronni politsiya vertolyotlari ta’qib qilgan, ammo bir neça kilometrdan keyin aloqa uzilgan. Tekşiruv davom etmoqda, dedi vazir.

Sönggi haftalarda Belgiyada bunga öxşaş hodisalar bir neça marotaba qayd etildi. Oktyabr oyi oxirida Marş-an-Famen (Lej janubi) harbiy bazasi ustida ikki marta dronlar körilgan. Mudofaa vaziri «Belgiya armiyasining yuragiga qarşi atayin rejalaştirilgan operatsiya» haqida gapirib, tajribali dron pilotlari iş olib borganini aytdi. Oktyabr boşida esa mamlakat şarqidagi Elzenborn harbiy poligoni ustida 15 ta dron kuzatilgan.

Noma’lum dronlar oxirgi vaqtlarda Germaniya, Daniya va Norvegiya kabi qator Yevropa davlatlaridagi harbiy obektlar va aeroportlar atrofida ham köp bora körilgan. Bu hodisalar munosabati bilan ayrim aeroportlar vaqtinça reyslarni qabul qiliş va jönatişni töxtatgan.