Jahon | 08:31 / 06.08.2024
1455
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Yaqin Sharqda mojaro kengayish xavfi ortib borayotganidan chuqur xavotirda

Inson huquqlari va tinch aholini himoya qilish ustuvor vazifa bo‘lishi kerak, dedi Folker Turk.

Foto: Anadolu Agency

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Turk Yaqin Sharqda kengroq to‘qnashuv xavfi ortib borayotganidan chuqur xavotir bildirdi va xavfli vaziyatni bartaraf etish uchun tomonlarni «shoshilinch harakat» qilishga chaqirdi

Turk Yaqin Sharqda keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq yozma bayonot berdi. 

«Yaqin Sharqda kengroq mojarolar xavfi ortib borayotganidan chuqur xavotirdaman», dedi Turk. U nufuzli davlatlar va barcha tomonlarni o‘ta xavfli vaziyatga aylangan vaziyatni bartaraf etish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi. 

Turkning aytishicha, inson huquqlari va tinch aholining himoyasi birinchi o‘rinda turishi kerak.

Oxirgi 10 oy ichida mintaqada sodir etilgan bombali va qurolli hujumlar natijasida tinch aholi, asosan ayollar va bolalar chidab bo‘lmas og‘riq va azob-uqubatlarni boshdan kechirayotganini ta’kidlagan Turk: «Vaziyatning yanada yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamma narsani qilish kerak. U tinch aholi uchun dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin», dedi.

Mavzuga oid