Jahon | 09:14 / 06.08.2024
1410
1 daqiqa o‘qiladi

Filippinda tropik bo‘ronlar qurbonlari soni 48 kishiga yetdi

36 mingga yaqin odam evakuatsiya markazlariga joylashtirilgan.

Foto: Jam Sta Rosa/AFP/Getty Images

Filippinda «Butchoy» va «Karina» tropik bo‘ronlari oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 48 kishiga yetdi

Filippinning tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish milliy kengashiga tayangan PNA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tropik bo‘ronlardan 6,2 million kishi jabr ko‘rdi va ular jami 8574 ta binoga zarar yetkazgan. 

Bundan tashqari, 36 mingga yaqin odam evakuatsiya markazlariga joylashtirilgan.

Iyul oyida Filippinda sodir bo‘lgan tropik siklonlar mamlakat bo‘ylab haddan tashqari yog‘ingarchilik, suv toshqini va ko‘chkilarga sabab bo‘ldi.

118 viloyat va tumanda «favqulodda holat» e’lon qilingan.

Mavzuga oid