Suriya sharqida arab qabilalari bilan YPG/KIP o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda
Arab qabilalari Dayr-az-Zor qishloqlarida Kurdiston ishchi partiyasi nazorati punktlariga hujum qildi.
Suriya sharqidagi Dayr-az-Zor viloyatining bir qancha hududlarida arab qabilalari va YPG (KIPning Suriya qanoti) o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda.
7 avgust, chorshanba kuni ertalab YPG tomonidan bosib olingan hududlarda to‘qnashuvlar yuz berdi.
«Anadolu» agentligining mahalliy manbalarga tayangan holda ma’lum qilishicha, YPG/KIP va arab qabilalari viloyatning sharqiy va janubi-sharqiy chekkalaridagi to‘qqizta joyda shiddatli to‘qnashuvga kirishgan.
Arab qabilalari Busayra, Ibrehiyya, Elharijye, Tayyan, Ziban va Ellatva qishloqlaridagi YPG/KIP nazorat punktlari va qarorgohlariga hujum qildi. Shunga o‘xshash to‘qnashuvlar Dayr-az-Zorda avval ham sodir bo‘lgan.
YPG/KIPning Dayr-az-Zordagi mavjudligi
YPG/KIP tomonidan AQSh armiyasi ko‘magida IShIDga qarshi kurash ostida qo‘lga olingan Dayr az-Zorning butun aholisi faqat arablardan iborat.
Tashkilot o‘zi egallab olgan hududlarda arab bolalarini o‘z safiga jalb qiladi.
Jangchilar neft quduqlarini egallab olgan va AQSh sanksiyalariga qaramay, Damashqqa kontrabandachilar orqali sotmoqda. Olingan mablag‘lar harbiy harakatlarga sarflanadi, mahalliy aholi esa xizmat va yordamdan mahrum ekani aytiladi.
Mavzuga oid
00:02
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
16:03 / 20.12.2024
YeIning 15 ta davlati suriyaliklarning boshpana so‘rovini ko‘rib chiqmayapti
21:32 / 19.12.2024