Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng qimmat shaharlari e’lon qilindi
Jyeneva - yashash uchun eng qimmat shahar, Toshkent nisbatan arzon shaharlar qatorida.
Jyeneva / Foto: Kun.uz
Shveytsariyaning Jyeneva shahri 2024 yilda yashash uchun eng qimmat shahar deb topildi. Bu haqda Numbeo tomonidan tuzilgan reyting dalolat bermoqda. Toshkent nisbatan arzon shaharlar qatorida sanaldi.
Reyting dunyoning 218 ta shahrini o‘z ichiga oladi va har olti oyda yangilanadi. U to‘rt kishilik oila uchun yashash narxining turli jihatlarini aks ettiruvchi bir nechta asosiy ko‘rsatkichlarni hisobga oladi.
Keng qamrovli baholash uchun «yashash qiymati indeksi» qo‘llanadi. U oziq-ovqat, restoranlar, transport va kommunal xizmatlar kabi iste’mol tovarlarining nisbiy narxlarini ko‘rsatadi. Ammo bu indeks ijara yoki ipoteka kabi yashash xarajatlarini o‘z ichiga olmaydi.
2024 yilda eng qimmat shahar 101,7 ball bilan Jyeneva (Shveytsariya) bo‘ldi. Shveytsariyaning yana bir shahri Tsyurix ikkinchi, Amerikaning Nyu-York shahri uchinchi o‘rinni egalladi.
Toshkent reytingda 201-o‘rinda qayd etildi. O‘zbekistonning boshqa shaharlari reytingdan joy olmadi.
Shuningdek, Dubay (BAA) 78-o‘rinni, Tokio (Yaponiya) 95-o‘rinni, Istanbul (Turkiya) 136-o‘rinni, Moskva (Rossiya) 137-o‘rinni, Pekin (Xitoy) 158-o‘rinni, Sankt-Peterburg (Rossiya) 162-o‘rinni, Olmaota (Qozog‘iston) 164-o‘rinni, Bishkek (Qirg‘iziston) 197-o‘rinni egalladi.
Pokistonning Qarochi va Lohur, Hindistonning Kalkutta shaharlari eng cho‘ntakbop bo‘lib chiqdi.
Mavzuga oid
07:34 / 03.01.2026
Zamonaviy dunyo zaif nuqtalari: 6 yillik global risklar reytingi
08:02 / 31.12.2025
Reyting: so‘nggi besh yilda eng ko‘p sotilgan videoo‘yinlar
07:38 / 27.12.2025
Shaharlar kengayyapti: 2025 yilda eng yirik megapolislar reytingi
07:30 / 24.12.2025