Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST maymunchechak tufayli favqulodda yig‘ilish chaqirdi
Maymunchechak Kongo Demokratik Respublikasi hududidan tashqarida ham tarqalayotgani bois JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi imkon qadar tezroq to‘planadi.
Foto: Reuters
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus maymunchechak tarqalishi fonida xalqaro ekspertlarning favqulodda yig‘ilishini chaqirdi.
Maymunchechak Kongo Demokratik Respublikasi hududidan tashqarida ham tarqalayotgani bois JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi epidemiya sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda holatligini aniqlash maqsadida imkon qadar tezroq to‘planadi.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyat JSST e’lon qilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ogohlantirish hisoblanadi. Bu orqali Tedros Gebreyesus Xalqaro tibbiy qoidalar asosida favqulodda choralar ko‘rish tashabbusini ilgari sura oladi.
Maymunchechak — bu kasallangan hayvonlardan insonga yuqadigan infeksion kasallik. Virus odamdan odamga yaqin jismoniy aloqa orqali yuqishi mumkin.
Ushbu kasallik ilk bor 1970 yilda Kongo Demokratik Respublikasida aniqlangan bo‘lib, unga chalingan odamlarning tana harorati ko‘tarilib ketadi va mushak og‘riqlari kuzatiladi. 2022 yil mayda maymunchechak bilan kasallanish holati keskin oshib ketgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil iyunda ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida maymunchechak kasalligiga shubha qilingan bemor borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘shanda «Sanepidxizmat» bemorga dori moddalarga allergik reaksiya (Sindrom Layyella) tashxisi qo‘yilganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
07:15 / 25.02.2026
90 foizgacha o‘lim: insoniyatni qo‘rqitgan 10 virus
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
18:06 / 29.01.2026
JSST O‘zbekistonni qizamiqdan xoli mamlakat maqomidan mahrum qildi
22:37 / 23.01.2026