Sport | 20:07 / 08.08.2024
6544
2 daqiqa o‘qiladi

Ulug‘bek Rashitov Olimpiada finaliga chiqdi

Bu uning faoliyatida ketma-ket ikkinchi olimpiada finali.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Parij Olimpiadasida taekvondo bo‘yicha bahslar davom etmoqda.

-68 kg vaznda Tokio Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov yarimfinalda ispaniyalik Xaver Peresga qarshi jang qildi. Qiyin bahsda o‘zbekistonlik 22 yoshli sportchi jarohat olganiga qaramay, oxirigacha kurashdi va g‘alabaga erishdi (7:3, 3:3).

Olimpiadaga jahon reytingi yetakchisi sifatida tashrif buyurgan Ulug‘bek Rashitov turnirdagi ishtirokini hongkonglik Lo Vai Fungni mag‘lub etish (12:0, 9:2) bilan boshlagandi, chorakfinalda esa xitoylik jahon chempioni Lyan Yu Shuadan ham ustun keldi (2:1, 9:2).

Rashitovning navbatdagi raqibi jahon reytingida 6-o‘rinda turgan iordaniyalik Zaid Karim bo‘ladi, u yarimfinalda 2-raqamli Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) ustidan qiyin g‘alabaga erishdi - 2:1 (1:2, 4:2, 10:2). Oltin uchun hal qiluvchi jang Toshkent vaqti bilan 9 avgustga o‘tar kechasi, soat 00:19 da boshlanishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, Parijdagi olimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston taekvondochilar jamoasi besh nafar sportchi bilan tashrif buyurgan.

9–10 avgust kunlaridagi bahslarda quyidagi taekvondochilar bahslarga qo‘shiladi: 

–80 kg: Jasurbek Jaysunov — Merhan Barhordari (Eron)

+80 kg: Nikita Rafalovich — Arian Salimi (Eron)

+67 kg: Svetlana Osipova — Astan Katerine Fege (Kot-d'Ivuar)

–67 kg: Ozoda Sobirjonova — Aleksandra Perishich (Serbiya)

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid