Jahon | 10:07 / 08.08.2024
9025
2 daqiqa o‘qiladi

WP: Isroil Oq uyga Haniyaning o‘ldirilishiga aloqador ekanini bildirdi

Tel-Aviv qotillik yuzasidan qo‘shimcha izoh berishdan bosh tortdi.

Foto: Anadolu Agency

Washington Post (WP) gazetasining da’vo qilishicha, Isroil Oq uyga Hamas siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi uchun javobgar ekanligini ma’lum qilgan.

Gazetaning Oq uyga yaqin manbalariga tayanib yozishicha, parda ortida AQSh va Isroil o‘rtasidagi ziddiyat kuchayib bormoqda. Oq uy rasmiylari Haniyaning o‘ldirilishini «G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun bir necha oy davom etgan izlanishlaridagi muvaffaqiyatsizlik» sifatida baholamoqda.

Haniya Eronda o‘ldirilganidan so‘ng, Isroil Oq uyga o‘zining qotillik uchun javobgar ekanligini aytdi va Tel-Aviv qotillik haqida qo‘shimcha izoh berishdan bosh tortdi.

Oq uy rasmiylari Haniyaning o‘ldirilishiga «hayrat va g‘azab» bilan munosabat bildirdi.

Ushbu masala bo‘yicha muzokaralar mazmuni bilan tanish bo‘lgan AQSh rasmiylari «(Jo) Bayden Isroilni tiyib turish uchun harbiy yordamni cheklashga tayyorligiga hech qanday dalil yo‘qligi»ni aytishgan.

Xabarda, shuningdek, ismi oshkor etilmagan bir necha yuqori martabali AQSh rasmiylarining «Isroilning «Hizbulloh» yetakchilari va Eron qo‘mondonlariga AQShni ogohlantirmasdan hujum qilishi Bayden va ba’zi rasmiylarni g‘azablantirgani» haqidagi so‘zlari keltirilgan.

31 iyul kuni Tehronda Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pizishkiyonning inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronda kelgan Haniya portlash qurboni bo‘lgandi. Eron va Hamas bu qotillikda Isroilni ayblagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid