Xorazm viloyatining ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlandi
Zafarbek Matnazarov Yangiariq tumaniga, Ruslan O‘razbayev Gurlan tumaniga hokim etib tasdiqlandi. Nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etildi.
Zafarbek Bahodirovich Matnazarov Xorazm viloyati Yangiariq tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Matnazarov 1986 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Qo‘shko‘pir tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Ruslan Xajibayevich O‘razbayev Gurlan tumaniga hokim etib tasdiqlandi.
O‘razbayev 1979 yilda tug‘ilgan, 2000 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Qayd etilishicha, har ikki nomzod prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etildi.
Ma’lumot uchun, Yangiariq tumaniga 2023 yil avgustidan buyon rahbarlik qilib kelgan Kamol Otajonov hamda Gurlan tumaniga 2022 yil oktyabridan buyon rahbarlik qilib kelgan Umrbek Jumaniyazov 2024 yil iyulida prezident raisligidagi videoselektorda ishdan olingandi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sariosiyo aeroporti 20 yildan so‘ng faoliyatini tikladi
O‘zbekiston | 19:09
-
Toshkent yerusti metrosida 3 oy davomida rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi
Jamiyat | 19:07
-
Reuters: AQSh bojlari sabab dunyo kompaniyalari ko‘rgan zarar 34 mlrd dollardan oshdi
Jahon | 19:04
-
Toza energiya targ‘iboti: Sungrow O‘zbekistonda faoliyatini kengaytirmoqda
Jamiyat | 19:00
Mavzuga oid

07:53
DXX Xorazm va Sirdaryoda firibgarlik holatlarini aniqladi

17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025