Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ rahbari Tomas Bax o‘z lavozimini tark etadi
70 yoshli mulozim yangi muddatga nomzodini qo‘ymasligini e’lon qildi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax 2025 yilning mart oyida yangi muddatga saylanmasligini e’lon qildi, deb yozdi TASS.
2024 yil iyul oyida Parijda bo‘lib o‘tgan XOQ 142-sessiyasida Olimpiya Xartiyasiga Baxga o‘z vakolatlarini kengaytirish va yangi muddatga saylanish imkonini beradigan tuzatish rad etildi. XOQ 141-sessiyasida tashkilotning bir qancha a’zolari shunday tashabbus bilan chiqqan edi.
Endi XOQ yangi rahbari uchun saylov 2025 yil mart oyida Gretsiyada bo‘lib o‘tadi.
70 yoshli Bax 2013 yilning kuzidan beri XOQ rahbari bo‘lib ishlayapti. Bu lavozimda u Jak Rogge o‘rnini egalladi. 2021 yilda bu lavozimga qayta saylandi.
Bax XOQ rahbarligida ishlagan birinchi nemis va birinchi olimpiya chempioni sanaladi. 1976 yilda Bax qilichbozlikning jamoaviy musobaqasida Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan. 1977 yilda jahon chempioni bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
09:03 / 12.02.2026
XOQ Berlin olimpiadasi ramzlari tushirilgan futbolkani sotuvdan olib tashladi
19:15 / 10.11.2025