Samarqandda dalahovlisida 670 tup kannabis o‘stirayotgan shaxs ushlandi
Shuningdek kannabis o‘stirilayotgan joydan 15 kg marixuana giyohvandlik moddasi ham topilgan.
Samarqand viloyatida dalahovlisida kannabis o‘stirayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar byermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 1 avgust kuni viloyat IIB, DXX va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorlikda Samarqand tumani Yangiariq mahallasida tezkor tadbir o‘tkazgan.
Tadbirda 1976 yilda tug‘ilgan shaxs dalahovlisida 670 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan. Shuningdek, dalahovlida 15 kg marixuana giyohvandlik moddasi topilgan.
Tezkor tadbir davomida dalahovlida bo‘lgan yana uch kishining holatga aloqadorligini tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Aniqlangan holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “b” bandi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:18 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani Samarqandda jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan qiz bilan uchrashdi
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
15:06 / 01.11.2024
Samarqand viloyatida isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlandi
10:59 / 25.10.2024