Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi - prezident farmoni
1 sentabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar 15 foizga oshiriladi. 1 oktyabrdan e’tiboran esa budjet tashkilotlari xodimlarining maoshi 10 foizga, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining maoshi esa 15 foizga ko‘tariladi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston prezidenti “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” farmon imzoladi.
2024 yil 1 sentabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi. Bunda:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;
- nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilanadi.
2024 yil 1 oktyabrdan boshlab:
- budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori 15 foizga,
- budjet tashkilotlari boshqa xodimlarining ish haqi miqdori 10 foizga oshiriladi;
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;
- bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilanadi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

16:58 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar

00:23 / 17.02.2025
Mart va avgustdan oyliklar va pensiyalar oshishi haqidagi mish-mish rad etildi

23:17 / 13.02.2025
O‘zbekistonda pensiyani arizasiz - avtomatik tarzda tayinlash tizimiga o‘tiladi

08:30 / 01.11.2024