Jahon | 14:50 / 12.08.2024
21484
8 daqiqa o‘qiladi

Ukraina va Rossiya chegarasida janglar davom etmoqda. Urush suratlari

Ukraina qurolli kuchlarining Kursk oblastidagi yurishi sekinladi. RF armiyasi Sumi oblasti bo‘ylab zarbalar yo‘llamoqda

Ukrain qo‘shini Kursk oblastida 6 avgust kuni boshlangan harbiy amaliyotni davom ettirmoqda.

Bunga javoban RF armiyasi Ukrainaning Sumi oblastiga (u Kursk oblasti bilan chegaradosh). Xususan, 8 avgust kuni Sumi oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Volodimir Artyux o‘tgan bir kun davomida rossiyalik harbiylar o‘zi uchib boruvchi aviabombalar (KAB) bilan Shostka, Konotop, Sumi va Axtirskiy rayonlariga 56 bor zarba yo‘llagan.

«Bir kun davomida Sumiga KABlar bilan bunchalik ko‘p zarba yo‘llanishini hali ko‘rmagandim», — degan Artyux. Uning ma’lumotiga ko‘ra, chegaradan 7 kilometr masofada joylashgan Mogritsada zarba oqibatida 22 yoshli ayol va uning singlisi halok bo‘lgan.

Keyingi kuni, 9 avgustda, Rossiya mudofaa vazirligi uch tonnalik FAB-3000 bombasi bilan Ukraina quroli kuchlarining Sumi oblasti rayonlaridan biridagi vaqtincha joylashuv punktiga zarba yo‘llagan (vazirlik bu zarba aynan qaysi rayonga yo‘llanganiga aniqlik kiritmagan). Bu hujum oqibatlari to‘g‘risida ham ma’lumot yo‘q.

Quyida Ukraina va Rossiyaning chegaradosh regionlarida bo‘layotgan voqealar aks etgan suratlar.

Ukrainalik jangchilar Sumi oblastida, Rossiya bilan chegara yaqinida tanklarda harakatlanmoqda
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
BMP-1 mashinasida ketayotgan ukrainalik harbiy
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Sumi oblasti chegarasidagi aholi yashash punktlaridan birida Rossiya zarbasidan keyingi manzara
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
RF mudofaa vazirligi 2024 yil 10 avgust kuni e’lon qilgan videodan kadr. Unda Rossiya qo‘shini va harbiy texnikalari Kursk oblastiga olib ketilishi aks etgan
Ministerstvo oborony RF / EPA / Scanpix / LETA
RF armiyasining «Markaz» qo‘shinlar guruhi jangchilari BM-21 «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan ukrain pozitsiyalariga o‘t ochmoqda
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / RIA Novosti / Scanpix / LETA
Sumi oblastida rossiyaliklar zarbasidan keyin ko‘tarilgan tutun
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Kursk oblastiga yurishning bir haftasi

Ukraina qo‘shini Rossiya hududida ilgarilashda davom etmoqda.

11 avgustga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari diversiya-razvedka guruhi Kursk oblastining yana bir rayoni — Belovskiyga kirib bordi. Unga qo‘shni bo‘lgan Belgorod oblasti Krasnoyarujskiy rayonida aholini evakuatsiya qilish ishlari boshlangan, mahalliy rasmiylar buni «dushmanning chegaradagi faolligi» tufayli «ko‘chish» deb atadi. Belovskiy va Krasnoyarujskiy rayonlari Ukrainaning Sumi oblasti bilan chegaradosh rayonlar hisoblanadi. Quyida ukrainlarning Sumi oblasti hududida, Rossiya bilan chegara yaqinidagi harbiylari va texnikalari aks etgan suratlar keltirilgan. G‘arb nashrlariga ko‘ra, Kursk oblastidagi amaliyotda «minglab» ukrain harbiylar ishtirok etmoqda.

Anatoliy Jdanov / Kommersant / Sipa USA / Vida Press
Anatoliy Jdanov / Kommersant / Sipa USA / Vida Press
Kursk-Sudja trassasida dron zarbasidan shikastlangan tez yordam mashinasi
Anatoliy Jdanov / Kommersant / Sipa USA / Vida Press
Sudja atrofidagi trassada yonib ketgan avtomobil
Anatoliy Jdanov / Kommersant / Sipa USA / Vida Press
Sudja atrofidagi harbiy texnikalar
Anatoliy Jdanov / Kommersant / Sipa USA / Vida Press
Rossiyaga Sumi oblasti tomondan kirishdagi nazorat-o‘tkazish punkti
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina zirhi texnikalari Rossiya bilan chegara yaqinida
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlariga yetkazib berilgan 2S7 «Pion» o‘ziyurar zambarak
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina harbiylari zirhli transportyorda (BTR)
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar Sumi chekkasida
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Shikastlangan texnikani ta’mirlayotgan ukrain harbiysi
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Chegaradagi janglar fonida Rossiya va Ukraina tinch aholi vakillarini evakuatsiya qilmoqda. Rossiya tomonda — Kursk oblastida, Ukrainada — Sumi oblastida

Ukrainaning Kursk oblastidagi yurishiga javoban Rossiya armiyasi Ukrainaning Sumi oblastiga zarba berishni faollashtirdi, RF mudofaa vazirligi bu hududdagi Ukraina qurolli kuchlari zaxiralarini o‘qqa tutayotganini ma’lum qilgan. Bu fonda Sumi oblastida ham, Kursk oblastida ham chegara yaqinidagi qishloqlardan aholini evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Kursk oblastida aholi ko‘p hollarda xavfli hududlarni mustaqil ravishda tark etmoqda, bu haqda ularning o‘zi ham Vladimir Putinga yo‘llangan videomurojaatda aytib o‘tishgan. Shu bilan birga, Rossiya hukumati bir necha marta evakuatsiya o‘tkazilayotgani to‘g‘risida xabar bergan. 8 avgust kuniyoq bosh vazir Mixail Mishustin hukumat yig‘ilishida odamlar «yashash joylari xavfsiz bo‘lmay qolgani» tufayli qo‘shni regionlarga evakuatsiya qilinishi haqida gapirgandi. O‘sha kuni Rilsk rayoni ma’muriyati rahbari telegram-kanal orqali aholini mustaqil tarzda yoki ma’muriyat taqdim etgan avtobuslarda evakuatsiya bo‘lishga chaqirdi, ammo keyin o‘z postini o‘chirib yubordi.

Rossiya FVV 9 avgust kuni Kursk oblastida federal miqyosda favqulodda holat rejimi joriy etdi va «vazirlik xodimlari aholiga evakuatsiya ishlarida yordam berishi»ni ma’lum qildi. Rilskda Glushkovskiy, Rilskiy va Korenevskiy rayonlaridan olib chiqiladiganlar uchun evakuatsiya punkti tashkil etildi. Bu vaqtda harbiy harakatlar ichida qolgan Sudjanskiy rayonda evakuatsiya ishlari otishmalar tingan vaqtda olib boriladi, degan rayon rahbari TASS muxbiriga.

Ukrainaning Sumi oblasti rasmiylari 8 avgust kuni Sumining beshta rayonidagi 23 ta aholi yashash punktlaridan majburiy evakuatsiya ishlari boshlanganini ma’lum qildi: Krasnopolskiy, Nikolayivskiy, Miropolskiy, Yunakovskiy va Xotinskiy. Ukraina hukumati bayonotiga ko‘ra, bu obshchinalarning barchasi Rossiya qo‘shini zarbalari xavfi ostida qolgan.

Ukrainadagi evakuatsiya

Sumi oblastidagi qishloq aholisiga evakuatsiyada ko‘ngillilar yordam ko‘rsatmoqda, 2024 yil 9 avgust
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Sumi oblastining Rossiya bilan chegaradagi qishlog‘ida yashovchilar evakuatsiya vaqtida o‘z uylarini tark etmoqda
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiyadan evakuatsiya

«Ezgu ishlar uyi» ko‘ngillilari Kursk oblastida o‘z uylarini tark etgan odamlarga insonparvarlik yordamlarini tarqatmoqda
Anatoliy Jdanov / Kommersant / Sipa USA / Vida Press
Kursk oblastining chegara yaqinidagi hududlarida yashovchi bolalar avtobuslarda Moskva oblastidagi lagerlarga olib borilgan
Administratsiya Kurskoy oblasti / EPA / Scanpix / LETA
Kursk oblasti aholisi vakillari Rilskdagi evakuatsiya punktida
Profimedia
Rilsk aholisi evakuatsiya qilinishi
Vladimir Gerdo / TASS / Profimedia
Vladimir Gerdo / TASS / Profimedia

 

Mavzuga oid