Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Oliy sudi urush qatnashchilari ishini sud bosqichida to‘xtatmoqchi
Oliy sud loyihasida urush qatnashchilariga nisbatan jinoyat ishlari sudda ko‘rib chiqilayotgan vaqtda to‘xtatilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Hozir bunga faqat tergov bosqichida yoki hukm chiqarilgandan keyin ruxsat beriladi.
Foto: Yekaterina Kuzmina / RBK
Rossiya Oliy sudi urush qatnashchilarini jinoiy javobgarlikdan ozod qilish mexanizmini to‘ldirishni va Ukrainada jang qilishga rozi bo‘lganlar jinoiy ishlarini nafaqat tergov bosqichida, balki sud jarayonlarining o‘zida ham to‘xtatib qo‘yishni taklif qildi. Bu haqda 13 avgust, seshanba kuni TASS xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tegishli qonun loyihasi Oliy sud plenumida taqdim etilgan va uni Davlat dumasiga kiritish rejalashtirilgan.
2024 yil mart oyidan boshlab jinoyat qonunchiligiga harbiy xizmatga chaqirilgan yoki qurolli kuchlar bilan shartnoma tuzgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlarini to‘xtatib turish va ehtiyot choralarini bekor qilish imkonini beruvchi o‘zgartishlar kuchga kirdi. Shu bilan birga, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish faqat dastlabki tergov bosqichida - ish sudga topshirilgunga qadar, shuningdek hukm chiqarilgandan keyin amalga oshishi mumkin.
Oliy sud qonun loyihasi ushbu mexanizmni sud muhokamasi bosqichida, jinoyat ishi sudga yuborilgan va birinchi instansiya yoki apellyatsiya sudida bo‘lganida qo‘llashni taklif qilmoqda, deb yozadi TASS. Ish birinchi bo‘lib kelib tushgan sud, hukm chiqargan sud yoki apellyatsiya instansiyasi jinoyat ishini to‘xtatib turishi va ehtiyot chorasini bekor qilishi mumkin.
Mavzuga oid
21:06 / 29.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonda yarim milliondan ko‘proq odam ma’muriy jazoga tortildi
20:03 / 29.01.2026
Rossiyada migrantlar soni 10 foizga kamaydi, buning sabablari aytildi
16:21 / 29.01.2026
“O‘lib ketmaslik uchun urushga bordim” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit
15:13 / 29.01.2026