Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden pensiyada blogerlik qilishini aytib hazillashdi
AQSh prezidenti Jo Bayden pensiyaga chiqqanidan so‘ng inflyuyenserga aylanishi va o‘z blogini yuritishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u blogerlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, boshqa sohalar bilan qiyoslaganda internet nashri yo‘nalishiga qiziqadigan odamlar ko‘proq.
«Sizningcha, nafaqaga chiqqanimdan keyin qayerga boraman? Menda kontaktlar bor... Ish izlayotganim uchun ham sizlarni Oq uyga chaqirdim», — deb hazillashdi Bayden.
Iyul oyi oxirida 81 yoshli Bayden 2024 yil noyabrida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridan nomzodini qaytarib olgandi. Demokratlar yangi nomzod sifatida amaldagi vitse-prezident Kamala Harrisni tanladi.
Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqish to‘g‘risidagi qaroridan keyingi ilk intervyusida Demokratik partiya o‘zining asosiy vazifasini bajarishiga xalal bermaslik uchun saylovdan nomzodini olishga qaror qilganini aytgandi. Uning fikricha, bu vazifa — Donald Trampni yengish va AQShda demokratiyani saqlab qolish hisoblanadi.
O‘z navbatida Tramp yaqinda Ilon Mask uchun bergan intervyusida «Baydenda 30 yil avval IQ darajasi juda past bo‘lgani, hozir umuman yo‘q bo‘lishi mumkinligini» aytdi. Sobiq prezident Baydenning tashqi siyosatini ham qattiq tanqid qilib, buni «so‘ligan siyosat» deb atadi.
Suhbat davomida Tramp Kamala Harrisni «uchinchi darajali», «qobiliyatsiz» va «so‘l radikal» deb atadi. Tramp uning Bayden o‘rniga Demokratik partiyadan nomzod bo‘lishini «to‘ntarish» deb baholagan.
Mavzuga oid
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
18:10 / 29.11.2025