Bayden, Putin, Zelenskiy va Harris haqida. Maskning Tramp bilan suhbatidan asosiy gaplar
|23:03 / 13.08.202415 84415 min
Tramp Mask uçun bergan intervyusida «Baydenda umuman IQ darajasi ham yöqligi»ni taxmin qilib, Rossiya Ukrainaga hujum qilişiga «Bayden ahmoqona narsalarni gapira boşlagani» sabab bölganini aytdi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Sayyoraning eng badavlat kişisi Ilon Mask va AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod Donald Trampning ikki soatlik suhbati siyosatçi özi uç yarim yil oldin haydalgan (milliarder Mask uni sotib olişidan oldinroq) platformaga qaytişi bilan birga keçdi.
Muloqot çoğida Mask amerikaliklarni bölğusi prezidentlik saylovlarida Trampga ovoz berişga çaqirdi va uning hukumat komissiyasini boşqariş istagiga şama qildi.
Tramp öz saylovoldi kampaniyasidagi asosiy tezislarni takrorlab, Jo Bayden ma’muriyatining migratsiya siyosatini tanqid qildi va demokratlar nomzodi Kamala Harrisni «söl radikal oyparast» deb atadi.
Sobiq prezident yana bir marta prezidentlikda u bölganida Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga yöl qöymagan bölişini aytdi va Vladimir Putin hamda Volodimir Zelenskiy bilan suhbatlari haqida esladi.
Intervyuning bir qismini Donald Tramp yaqinda unga uyuştirilgan suiqasdga, şuningdek Amerika iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solişni qisqartiriş rejalariga bağişladi. Noqonuniy migratsiya haqida gapirarkan, u AQŞda misli körilmagan darajadagi deportatsiya ötkazişga va’da bergan.
Texnik nosozlik
Dastlabki yarim soat davomida efirga kirmoqçi bölganlar şunday kartinkaga guvoh bölişdi
Muloqot Mask egalik qiladigan X (sobiq tvitter) ijtimoiy tarmoğida ötkazilgan. Trampning akkaunti 2021 yilda saytning oldingi egasi tomonidan bloklangandi, bunga uning prezidentlik saylovlaridagi ğalabasi öğirlangani haqidagi yolğon ma’lumotlarni tarqatişi sabab bölgandi.
2022 yilda platformani sotib olgan Mask Trampning akkauntini tiklaydi. Ammo sobiq prezident bu vaqtga kelib özining Truth Social ijtimoiy tarmoğini yaratişga ulgurgandi va qaytişga şoşilmagandi.
Biznesmen va siyosatçi örtasida öşanda alohida simpatiya yöq edi. Mask köproq Florida gubernatori, praymerizda Trampga raqiblik qilgan boşqa bir respublikaçi Ron Desantisga moyillik bildirgan va unga öz ijtimoiy tarmoğida jonli efirdagi muloqotlar körinişida prezidentlik kampaniyasini yölga qöyişni taklif etgandi. Ammo bu uriniş köplik texnik nosozliklar bilan keçdi, Tramp esa özining ijtimoiy tarmoğida raqiblarini masxara qildi.
De Santisning saylov platformasini siyosatşunoslar «Trampsiz trampizm» deb ataşgan: xuddi şunday mafkura, faqat mojarolarsiz, xaossiz va siyosiy teatrsiz. Ammo saylovçilar originali dublikatidan afzalroq deb topişdi, Tramp respublikaçilar praymerizida osonlik bilan ğalabaga erişib, yana öz partiyasi nomzodiga aylandi.
Mavzuga oid
Şundan keyin Mask rasman Trampni qöllab-quvvatladi va endi AQŞ sobiq prezidenti X tarmoğidagi texnik nosozliklarni özida his qilib kördi.
Trampning Mask bilan suhbati qirq daqiqalik keçikiş bilan boşlandi, buni platforma egasi DDoS-hujum bilan izohladi. Ayrim ekspertlar uning bu versiyasini şubha ostiga olişgan, çunki bu vaqtda X odatdagidek işlab turgandi.
Mask efirni bu qarşi javoblar qöyiladigan intervyu emas, oddiy suhbat ekani haqidagi tuşuntiriş bilan boşladi. Va Trampdan yaqinda röy bergan suiqasdni qanday ortda qoldirgani haqida sözlab berişni söradi.
Şundan keyin tadbirkor muloqot ustidan nazoratni susaytirdi va Tramp özining sevimli mavzularida erkin gapirişga ötdi. U Mask va tinglovçilarga uning prezidentligi davrida noqonuniy migratsiya va jinoyatçilik darajasi hozirgidan ança kam bölgani, Amerika fuqarolari esa özlarini farovonroq his etişganini eslatib ötgan.
Mask bu gapga diqqat bilan quloq solib turgan va qöşilgan, izoh berişga hamda faktlarni tekşirişga harakat qilmagan, holbuki rasmiy statistika körsatişiça, migratsiya darajasi çindan ham Tramp boşqaruv davrida ança kam bölgan bölsa-da, jinoyatçilik darajasi sönggi yillarda pasaygan, AQŞ iqtisodiyoti esa ösgan.
Tramp şuningdek respublikaçilar qurultoyi çoğida işlatişga ulgurgan hazilini takrorlagan. Öşanda u agar demokratlar saylovlarda ğalaba qozongudek bölsa, keyingi qurultoyni Venesuelada ötkazişga töğri kelişi, çunki barça venesuelalik jinoyatçilar AQŞga kelayotganini aytgandi. Bu oqşom u xuddi şu sözlarni takrorladi.
«Unda umuman IQ yöq bölişi ham mumkin»
Donald Tramp Ilon Mask bilan intervyu vaqtida Floridadagi Mar-a-Lagodagi qarorgohida, 2024 yil 12 avgust
Margo Martin / X / Reuters / Scanpix / LETA
Sobiq prezident Baydenning taşqi siyosatini ham qattiq tanqid qilib, buni «söligan siyosat» deb atadi.
Trampning nazarida AQŞning ittifoqçilari ham, duşmanlari ham surbetlik bilan Amerikaning hozirgi prezidentining zaifligidan foydalanmoqda: Yevropa Amerika mahsulotlari uçun tariflarni oşirmoqda, Eron Hamasga Isroil bilan jang qilişda yordam körsatmoqda, Putin esa Ukrainani egallab olişga urinmoqda.
Tramp amaldagi prezidentni u RF qöşinlarining keng kölamli bosqini boşlanişidan oldin Ukraina NATO a’zosi bölişi mumkinligi haqida gapirgani uçun tanqi qilgan.
«Men ketganimda, ular Ukraina bilan çegarada katta armiya töplay boşladi, töğrimi? Va men bunga qarab, Putin muzokara qilişni bilgani uçun şunday qilayotgani haqida öyladim. Men öyladimki, u muzokaralar ötkaziş uçun şunday qilmoqda. Ammo keyin Bayden ahmoqona narsalarni gapira boşladi. Masalan, u Ukraina NATO mamlakati bölişi mumkinligini aytdi. Rossiya esa, NATO taşkil etilganidan buyon şu gapni aytib keladi: «Biz heç qaçon bunga rozi bölmaymiz». Biz esa şunday dedik».
Tramp AQŞning bunday bayonotiga mamlakatni «IQ darajasi past, juda past prezident» boşqargani sabab bölganini aytgan. «Darvoqe, unda 30 yil oldin ham IQ darajasi past edi. Ammo hozir unda umuman IQ bölmasligi ham mumkin», — degan Tramp.
AQŞ prezidentligiga nomzod Rossiya amerikaliklar bilan birgalikda Ikkinçi jahon uruşida Germaniya ustidan ğalaba qozongani, şuningdek Napoleon qöşinlarini yengganini aytgan. Uning fikriça, Rossiya «kuçli jang qiliş»ni biladi.
Intervyu vaqtida u AQŞ prezidenti ekanida Putinni Ukrainaga hujum qilişdan qaytarib qolgani haqida gapirgan.
«Men Putinni juda yaxşi bilaman, biz u bilan yaxşi til topişgandik. U meni hurmat qilardi. Va men Vladimir Putinga aytdim: «Bunday qilma. Sen buni qila olmaysan, Vladimir. Agar sen bunday qilsang, yomon kunlar boşlanadi. Buni qilma». Va men uning harakatiga javoban nima qilişimni aytdim. U esa dedi: «Bunday bölişi mumkin emas». Men esa dedim: «Mumkin». Va bilasizmi, bu bizning sönggi suhbatimiz bölgandi. [agar men prezident bölib qolganimda] u heç qaçon bu işni qilmagan bölardi… Men u bilan yaxşi til topişgandim. Umid qilamanki, hozir ham şunday böladi. Men Kim Çen In bilan ham til topişganman».
Tramp şuningdek özi tomonidan Rossiyaning Nord Stream 2 gaz quvuriga qöyilgan sanksiyalar haqida va bu Yevropada Amerika gaziga talabni oşirgani haqida gapirgan. Tramp şuningdek Bayden öz inauguratsiyasidan keyin bu sanksiyalarni bekor qilganini eslatgan.
Mask avval demokratlarni qöllagan, ammo Tramp tarafdoriga aylangan. Foto: Reuters
«Zelenskiy menga olijanoblik qilgan»
Tramp Ukrainadagi uruş borasida gapirarkan, uruş köplab odamlar hayotiga zomin bölgani, ikki tomondan ham yarim milliondan askar halok bölganini aytdi (ekspertlarning baholaşiça, qurbonlar soni ança kamroq).
U şuningdek ukrain armiyasiga erkaklar yetişmayotgani, şu tufayli yoşlar va keksa yoşli erkaklar safarbar qilinayotgani (aslida, Ukrainada muddatli harbiy xizmatga çaqiruv yoşi 25 dan boşlanadi) haqida gapirgan.
«Men Zelenskiyni bilaman. U menga katta hurmat bilan munosabatda bölgan», – degan Tramp 2020 yilgi impiçment jarayoniga işora qilib, öşanda AQŞ Kongressidagi demokratlar Trampning Zelenskiy bilan telefon qönğiroğiga asoslanib, prezidentni hokimiyatdan çetlatişga uringandi, Zelenskiyni esa tomonlardan heç biri öziga oğdira olmagandi.
Joriy yil avgustida Trampning eng yaqin maslahatçilaridan biri Kelienn Konuey rasman Ukraina manfaatlari lobbiçisi sifatida röyxatdan ötdi. U ukrainalik milliarder Viktor Pinçukdan oyiga 50 ming dollar oladi.
AQŞ uçun «Temir gumbaz» haqida
Şuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping bilan döstona munosabatlari haqida bir neça bor ta’kidlagan Tramp, agar Oq uyga qaytsa, AQŞda özining «Temir gumbaz»ini yaratişini aytdi. Uşbu havo hujumidan mudofaa tizimi Isroilnikiga öxşagan böladi. Mask bilan suhbat çoğida u, şuningdek, Putin, Si va Şimoliy Koreya hukmdori Kim Çem In «öz öyinlarining boşida turgani»ni ta’kidladi.
Ukrainadagi uruşni izohlar ekan, Tramp özidan köra «heç kim bundan köproq taşvişlanmasligini» ta’kidladi. AQŞ va Yevropa Ittifoqining Kiyevga körsatayotgan yordami haqida gapirib, u Vaşington bu yordamni kamaytirişi bilan tahdid solmadi, balki YeI yordamini oşirişni töğri deb bilişiga şama qildi.
«Men savol beryapman: nega xarajatlarni tenglaştirmaysiz?» Nega ular biz kabi köp pul tölamaydi? – dedi Tramp. – Nega Qöşma Ştatlar Yevropadan köra nomutanosib ravişda köproq pul beryapti, bu adolatdan emas va bu bilan şuğullaniş kerak».
«Yadroviy isiş» tahdidi
Tramp KXDR yetakçisi bilan uçraşuvini özining diplomatik talanti belgisi deb körsatadi. Foto: AFP
Mask Trampga iqlim özgarişi böyiça pozitsiyasini tuşuntirişga bir neça bor urinib kördi. Uning nazdida, dunyoga iqlim falokati tahdid solmaydi, neft sanoatidan iblis yasamaslik, uglekislorod gazlari çiqindilarini quyoş va yadroviy energiyaga ötiş orqali kamaytiriş kerak.
Tramp bu mavzuga qiziqiş bildirmadi, faqat global isiş xavfi börttirib yuborilganini, ammo «yadroviy isiş» xavfi haqida gapiruvçilar juda kamligini aytdi. U bu orqali AQŞ va uning ittifoqçilarining Rossiya, Xitoy va Şimoliy Koreya bilan qarama-qarşiligi, şuningdek Eronda yadroviy qurol yaratilişi ehtimolini nazarda tutgan. Va Baydenning siyosati uçinçi jahon uruşiga olib kelişi mumkinligini ta’kidlagan.
Mask unga qöşilgan: uçinçi jahon uruşi xavfi reallaşgan, AQŞ prezidenti özini hurmat qilişlari uçun qörqituvçi figura bölişi lozim.
Tramp davom ettirişni istamagan boşqa bir mavzu — inflatsiyani töxtatiş uçun budjet xarajatlarini keskin qisqartiriş zarurati haqida edi. «Men bunday komissiyaga yordam berişdan mamnun bölardim», — degan Mask. Tramp esa Mask xarajatlarni qisqartirişni barçadan yaxşiroq uddalaşini aytib, uni kompaniya xodimlarini işdan böşatişdagi qat’iyligi uçun maqtagan. Va darhol mavzuni özgartirgan.
Raqib almaşuviga qiyin moslaşuv
Kamala Harris Trampdan 18 yoşga kiçik, sobiq prezidentning Baydenga moslab tayyorlangan strategiyasi unga töğri kelmaydi
Foto: Reuters
X ijtimoiy tarmoğiga qaytiş Tramp uçun saylovoldi kampaniyasidagi murakkab davrga töğri keldi. U bir neça yildan buyon Baydenga qarşi revanşga tayyorlangandi va respublikaçi nomzod işonçliroq qatnaşgan debat, Tramp suiqasdni boşdan keçirişi hamda ijtimoiy sörovlardagi ustunlik fonida saylov taqdiri oldindan hal bölgandek körina boşlagandi.
Ammo Demokratik partiya nomzodi özgarişi Trampning rejalarini barbod qildi va sönggi sörovlar körsatişiça, Harris aholisi turli yillarda demokratlar uçun ham, respublikaçilar uçun ham köproq ovoz bergan uçta muhim ştatda ustunlik qilmoqda: Viskonsin, Pensilvaniya va Miçigan.
Trampning saylov ştabi hali Harrisga qarşi işonçli hujum strategiyasini işlab çiqmadi, nomzodning özi esa hozirça u avval Hillari Klinton va Bayden uçun öylab topganidek kamsituvçi laqab öylab topa olmadi.
Tramp endi ijtimoiy sörovlarda ustunlik qilayotgani, endi saylovda ğolib böliş uçun undan intizom va aniq pozitsiya talab etilişini anglab yetgani yöq, deya yozadi Wall Street Journal (naşrning ekspertlar bölimi azaldan respublikaçilarni qöllab kelgan).
2016 yilda Tramp prezidentlik poygasiga dengiz ortidagi adoqsiz uruşlarni yakunlaş, oddiy xalqdan uzilib qolgan elitaga qarşi kuraşiş va işçilar sinfini korporatsiyalar oçközligidan himoya qiliş mavzulari bilan kirgandi.
Oldingi respublikaçi nomzodlardan farqli ölaroq, u professional siyosatçining teskarisi — Amerikaning buyukligini tiklamoqçi bölgan, Vaşingtondagi korrupatsiya «botqoğini quritiş»ga bel boğlagan va siyosiy ehtiyotkorlik haqida qayğurmaydigan biznesmen teleyulduz edi.
Töqqiz yil ötib Tramp professional siyosatçiga aylandi, endi u köproq özi haqida gapirib, özini jodugar ovi qurboni sifatida taqdim etmoqda — sönggi yillarda unga qarşi qator jinoiy işlar oçilib, sud jarayonlari ötkazildi.
«Bu dahşatli narsa, mamlakatimiz tarixida heç qaçon bunaqasi bölmagan. Bunaqasi banan respublikalarda, uçinçi dunyo mamlakatlarida böladi», – degan Tramp Mask bilan muloqotda.
Xayrlaşuv çoğida Tramp maydon taqdim etgani uçun biznesmenga minnatdorçilik bildirgan va hazillaşib uning çiqişi uçun pul tölangan-tölanmaganini söragan. Mask kulib yuborgan.
«Siz – farovonlik sari yölsiz, Kamala esa – yöq», – degan Mask barçani respublikaçilar nomzodiga ovoz berişga çaqirgan holda.
Suhbat davomida Tramp Kamala Harrisni «uçinçi darajali», «qobiliyatsiz» va «söl radikal» deb atadi. Tramp uning Bayden örniga Demokratik partiyadan nomzod bölişini «töntariş» deb baholagan.
Harrisning saylovoldi ştabi vakili Jozef Kostello ularning uçraşuvi yakunlari böyiça istehzo bilan bayonot bergan: «Trampning butun kampaniyasi Ilon Mask yoki uning öziga öxşagan odamlarga xizmat qiladi. Örta sinfga xiyonat qilgan, 2024 yilda jonli efirni taşkil qila olmagan, özini sevuvçi boy odamlar».