O‘zbekiston | 17:55 / 15.08.2024
40457
3 daqiqa o‘qiladi

Ish haqi, pensiya va nafaqalarning oshirilgan miqdori ma’lum qilindi

«Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi prezident farmoni e’lon qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 sentabrdan boshlab fuqarolarga to‘lanadigan pensiyalar va nafaqalar miqdorlari quyidagicha belgilandi:

1. Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 428 000 so‘m;

2. Yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 834 000 so‘m;

3. Nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori — oyiga 920 000 so‘m;

4. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — oyiga 920 000 so‘m;

5. Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 920 000 so‘m;

6. 1941 — 1945 yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda — oyiga 4 056 000 so‘m;

7. Belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so‘mdan) 920 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori — oyiga 920 000 so‘m;

8. Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 745 000 so‘m;

9. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 745 000 so‘m;

10. O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 745 000 so‘m;

11. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 745 000 so‘m etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 244 000 so‘mdan qo‘shiladi;

12. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 745 000 so‘m.

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab:

1. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 155 000 so‘m;

2. Bazaviy hisoblash miqdori — 375 000 so‘m.

Mavzuga oid