2026 yilning birinçi çoragi yakunlari böyiça Özbekistonda örtaça oylik iş haqi 6 mln 825 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 17,4 foizga ösdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.

Hududlar kesimida örtaça oylik iş haqining eng yuqori miqdori Toşkent şahri (11 mln 684 ming), Navoiy (8 mln 453 ming) va Toşkent viloyatida (6 mln 169 ming), eng kam miqdori esa Qaşqadaryo (4 mln 665 ming), Surxondaryo (4 mln 724 ming) va Farğona (5 mln 19 ming) viloyatlarida qayd etilgan.

Oylik maoşlarning eng yuqori ösişi Namangan (+19 foiz) viloyati, Toşkent şahri (+18,8 foiz) va Jizzax (+17,3 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Hisobot davrida faqatgina ikkita ma’muriy hududda (Toşkent şahri va Navoiy viloyati) nominal iş haqi respublikadagi örtaça darajadan yuqori bölib, qolgan barça hududlarda bu körsatkiç respublika darajasidan turli miqdorda past şakllangan.

Poytaxt va hududlar örtasidagi iş haqi farqi yana kattalaşa boşlagan. Xususan, eng yuqori (Toşkent) va eng past (Qaşqadaryo) iş haqi örtasidagi tafovut 2,5 barobar bölgan.

2020-2025 yillarda eng köp va eng kam örtaça oylik tölanuvçi hududlardagi tafovutlar:

  • 2020 yilda: (Toşkent/Qaşqadaryo). Farq – 96 foiz;
  • 2021 yilda: (Toşkent/Surxondaryo). Farq – 2,03 barobar;
  • 2022 yilda: (Toşkent/Samarqand). Farq – 2,17 barobar;
  • 2023 yilda: (Toşkent/Namangan). Farq – 2,25 barobar;
  • 2024 yilda: (Toşkent/Qaşqadaryo). Farq – 2,5 barobar;
  • 2025 yilda: (Toşkent/Qaşqadaryo). Farq – 2,4 barobar.

Hisobot yakunlariga köra, sohalar kesimida örtaça oylik iş haqi miqdori:

  • bank, suğurta, lizing va kredit vositaçilik faoliyatida – 18 mln 595 ming söm;
  •  axborot va aloqa sohasida – 16 mln 525 ming söm;