Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya hududlarida qarovsiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi
Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlarida qarovsiz qolgan 14 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston bolalari vatanga qaytarildi.
Novosibirskdan ota-ona qaramog‘isiz qolgan bir guruh O‘zbekiston bolalari vatanga qaytarildi.
Bosh konsulxona ko‘magida Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlarida qarovsiz qolgan 14 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston bolalari Sibir poytaxtiga to‘plandi.
Bosh konsulxona Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni imkon qadar tezroq olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Shuningdek, bolalarni issiq ovqat bilan o‘z vaqtida ta’minladi.
Ayni paytda ota-onasi turli sabablarga ko‘ra, ularning tarbiyasida ishtirok eta olmagan jami sakkiz nafar bola O‘zbekistonga sog‘-salomat yetib olgan.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
15:26 / 05.05.2026
“Hojatxona izlab, transformatorga kirib qolgan” – Mingbuloqda tok urgan bola qo‘llaridan ayrildi
09:12 / 20.04.2026