Jahon | 10:00 / 21.08.2024
10655
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarini terrorchi tashkilotga yollagan shaxs ushlandi

Xabarovsk o‘lkasida xorijlik shaxs O‘zbekiston fuqarolarini terrorchilar safiga yollash bilan shug‘ullangani aniqlandi.

Foto: Rossiya FXX

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida chet el fuqarosi O‘zbekiston fuqarolarini terrorchilar safiga yollagan, deb xabar bermoqda RF «FSB» mintaqaviy boshqarmasi.

«Terrorchilik faoliyatida yordam ko‘rsatgan Markaziy Osiyo davlatlaridan birida tug‘ilgan shaxs qo‘lga olindi. Ushlangan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyatida tayyorgarlikdan o‘tish va bevosita ishtirok etishga yollagan», — deyiladi xabarda.

Ayblanuvchining harakatlaridan keyin Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi (Terrorchilik faoliyatiga ko‘mak ko‘rsatish).

U hibsga olindi. Hozirgi vaqtda tergov jarayoni davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid