O‘zbekiston | 10:41 / 22.08.2024
21504
2 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar organlarida maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlari belgilandi

Shuningdek, Milliy gvardiya, bojxona organlarida hamda harbiy xizmatchilar uchun maxsus va harbiy unvonlardagi xizmat muddatlari belgilandi.

Foto: Kun.uz

Prezident tomonidan imzolangan qaror bilan davlat rahbarining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

- “katta leytenant” – 3 yil;
- “kapitan” – 4 yil;
- “mayor” – 5 yil;
- “podpolkovnik” – 6 yil”.

Shuningdek, Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

- “bojxona xizmati katta leytenanti” – 3 yil;
- “bojxona xizmati kapitani” – 4 yil;
- “bojxona xizmati mayori” – 5 yil;
- “bojxona xizmati podpolkovnigi” – 6 yil”.

Bundan tashqari, Fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

- “katta leytenant” harbiy unvonida – 3 yil;
- “kapitan” harbiy unvonida – 4 yil;
- “mayor” harbiy unvonida – 5 yil;
- “podpolkovnik” harbiy unvonida – 6 yil”.

Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

- “katta leytenant” – 3 yil;
- “kapitan” – 4 yil;
- “mayor” – 5 yil;
- “podpolkovnik” – 6 yil”.

Mavzuga oid