Jamiyat | 10:09 / 22.08.2024
1999
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada qarovsiz qolgan o‘n to‘rt yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Penza viloyatida qarovsiz qolib ketgan o‘n to‘rt yoshli bola vatanga qaytarildi.

Foto: "Dunyo" AA

Mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining "Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi" va Penza viloyati ombudsmani bilan birgalikda ushbu viloyatda qarovsiz qolib ketgan O‘zbekistonning voyaga yetmagan fuqarosi R.L.ning yurtga qaytarish bo‘yicha ishlar yakunlandi.

R.L. 19 avgust kuni diplomatlar, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining "Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi" ko‘magida Qozon–Moskva–Toshkent aviaqatnovi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.

Shu yilning 14 avgust kuni Rossiya hududlarida ota-onasi turli sabablarga ko‘ra, ularning tarbiyasida ishtirok eta olmagan jami sakkiz nafar bola mamlakatning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekistonga olib kelingan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid