Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlar texnoparklari startapchilari xorijga stajirovkaga yuboriladi
Shuningdek, hududlarda yoshlar texnoparklarini tashkil etish muddatlari qayta ko‘rib chiqildi: Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Xorazm, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida texnoparklar 2024 yilda barpo etiladi.
Vazirlar Mahkamasining «Nukus yoshlar texnoparki faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Innovatsion rivojlanish agentligiga:
- tegishli hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechimiga qaratilgan yangi turdagi mahsulot va texnologik yechimlarning prototiplarini yaratish uchun alohida startap loyihalar tanlovini e’lon qilish;
- qoida tariqasida, har yili oktyabr oyida Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolar yechimiga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan konferensiya o‘tkazish vazifasi yuklatildi.
Agentlik tomonidan Nukus yoshlar texnoparki va hududlarda tashkil etilayotgan Yoshlar texnoparklaridagi muvaffaqiyatli startap loyihalar mualliflarini robototexnika, mexatronika, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, qurilish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa muddatli xorijiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha tanlov tashkil etiladi.
Shuningdek, hududlarda yoshlar texnoparklarini tashkil etish muddatlari qayta ko‘rib chiqildi: Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Xorazm, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida texnoparklar 2024 yilda barpo etiladi.
Endilikda doktoranturaga hujjatlarni YaIDXP orqali xam topshirish mumkin (ilgari - faqat Innovatsiya vazirligining Yagona tizimi orqali).
Mavzuga oid
10:00 / 09.06.2026
Eng yaxshi AI startaplar Prezident sovrini uchun kurashadi
18:43 / 29.05.2026
Anthropic kompaniyasi OpenAI’ni ortda qoldirib, eng qimmat sun’iy intellekt startapiga aylandi
14:10 / 24.02.2026
Bekobodda O‘zbekiston–Boshqirdiston texnoparki quriladi
16:04 / 20.01.2026