Rossiya Davlat dumasida sudlangan migrantlarni deportatsiya qilish taklif etildi
Rossiya Davlat dumasiga sudlanganlikka ega migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi.
Kelgusi haftada Rossiya parlamentining quyi palatasi deputatlari sudlangan barcha migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi tashabbusni kiritishadi. Bu haqda Davlat dumasining davlat qurilishi va qonunchilik bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardana Aksentyyeva o‘z Telegram kanalida ma’lum qilgan.
Endi unchalik ijtimoiy zarari yuqori bo‘lmagan qilmish uchun ham sudlangan migrantlar Rossiyadan deportatsiya qilinishi mumkin.
Deputatlar sudlanganlikka ega migrantlarni, hattoki sudlanganligi olib tashlangan yoki so‘ndirilgan bo‘lsa ham mamlakatdan chiqarib yuborishni taklif qilishmoqda.
«Sudlanganlikka ega absolyut barcha migrantlar, shu jumladan sudlanganligi olib tashlangan va so‘ndirilgan bo‘lsa ham qayta kirishiga taqiq bilan mamlakatdan chiqarib yuborilishi kerak», — deb yozgan u.
Aksentyyevaning qo‘shimcha qilishicha, sudlangan migrantlarni vaqtinchalik yashash guvohnomasi (RVP) va istiqomat izni (VNJ)dan ham mahrum qilish kerak.
Deputatning yodga solishicha, Rossiyada ayni damda qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki so‘ndirilmagan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatga kirishi taqiqlangan. Biroq jazo muddati tugagach, bunday fuqarolar Rossiyaga bemalol kirib kelishi mumkin.
Deputat toki migratsion siyosatda tartib bo‘lmas ekan, islom radikalizmi holatlariga qarshi kurashib bo‘lmasligini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, u Turarjoy Kodeksini ham qayta ko‘rishga chaqirmoqda. Aksentyyeva Rossiyada tobora ko‘payib borayotgan «ibodat uylari»ga chek qo‘yish kerakligini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024
«Men va Putin» - Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
16:51 / 09.12.2024