O‘zbekiston | 13:02 / 28.08.2024
5494
1 daqiqa o‘qiladi

Mol-mulkning haqiqiy qiymatini aniqlashda yagona yondashuv joriy etiladi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. 

Foto: Shutterstock

“Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda faqat baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ekspert sifatida ham ishtirok etishi mumkinligini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritildi.

“Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan sud ekspertlari baholash to‘g‘risidagi hisobotlarda qo‘llangan usullarning ilmiy jihatdan asoslanganligi nuqtai nazaridan sud ekspertizasini o‘tkazishi mumkin. 

Sud ekspertining tekshirishlarni o‘tkazishda uning xulosasiga nisbatan belgilangan talablarga va tegishli sohadagi qonunchilik hujjatlariga rioya etish bo‘yicha majburiyati nazarda tutilmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid