Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston xorijdan olma olib kirishni taqiqladi
Qaror mamlakatda olma hosili yuqori bo‘lgani bilan izohlanmoqda.
Idoralararo komissiya yil oxirigacha Qozog‘istonga avtomobil yo‘llari orqali olma olib kirishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qaror mamlakatda olma hosili yuqori bo‘lgani bilan izohlandi.
Qozog‘iston Vazirlar Mahkamasining xabar berishicha, bu yil olma hosili 300 ming tonnani tashkil etishi kutilmoqda.
«2024 yilda olma bog‘larining to‘liq meva berishi va hosildorlikning 18 foizga oshishi kutilmoqda, bu esa ichki bozor ehtiyojlarini qondiradi», deyiladi hisobotda.
Taqiq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga (Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston) taalluqli emas, deb aniqlik kiritdi hukumat.
Mavzuga oid
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
17:20 / 23.06.2026
Fermerlarni haqoratlagan Muzrabot hokimi hayfsan oldi
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:05 / 16.06.2026