Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» Afg‘onistonni xavfsiz mamlakat deb e’lon qildi
40 yil ichida birinchi marta mamlakat aholisi o‘z hayoti uchun qo‘rqmasdan turli viloyatlarga sayohat qilishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
2023 yil aprelidan 2024 yil martigacha Afg‘onistonda jinoyatchilik darajasi 30 foizga kamaydi. 40 yil ichida birinchi marta mamlakat aholisi o‘z hayoti uchun qo‘rqmasdan turli viloyatlarga sayohat qilishi mumkin. Bu haqda Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb xabar berdi Ariananews.
«Tolibon» Ichki ishlar vazirligining qayd qilishicha, politsiyaning mahorati sezilarli darajada oshdi va ularning soni ortdi. Shu bilan birga, qo‘shni davlatlar Afg‘onistondan kelayotgan tahdidlar haqida dalillar keltirmadi, shu sababli mamlakat bu borada xavfsiz.
Departamentning ta’kidlashicha, uning hududida IShID tuzilmalari butunlay yo‘q qilindi, terrorchilik guruhi faoliyatiga barham berildi.
Bundan tashqari, xavfsizlik kuchlari narkotik savdogarlariga qarshi kurashmoqda. Ko‘knori ekilgan maydonlar yo‘q qilinib, giyohvandlar davolanishga jo‘natilmoqda, noqonuniy giyohvand moddalarni sotgan holda qo‘lga olinganlar javobgarlikka tortilyapti.
Mamlakat aeroportlarida qariyb 2 million dollar, 845 ming yevro, 4,8 million Saudiya riyoli, shuningdek, 344 kilogramm narkotik modda va bir kilogrammdan ortiq oltinni noqonuniy olib o‘tilishiga barham berildi.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026