Jahon | 19:09 / 31.08.2024
6523
1 daqiqa o‘qiladi

Bishkekda Qirg‘iziston prezidentining yangi qarorgohi ochildi

Binoning umumiy maydoni 39 ming 700 kvadrat metrni tashkil etadi, u besh qavatli va yerto‘ladan iborat.

Foto: 24.kg

30 avgust kuni Bishkekda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning yangi qarorgohi «Intimoq Manas O‘rda» ochildi.

Qirg‘iziston prezidenti Administratsiyasi rahbari Qanibek Tumanboyev mazkur obektning xususiyatlari haqida so‘zlab berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, binoning umumiy maydoni 39 ming 700 kvadrat metrni tashkil etadi, u besh qavatli va yerto‘ladan iborat. Shift balandligi 14 metrga yetadigan birinchi qavatning foyesida rasmiy tadbirlarni o‘tkazish uchun 11 ta xona mavjud. Binoning umumiy balandligi 71 metrga teng.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bino dizaynini yaratishda mahalliy va turk mutaxassislari ishtirok etgan. Qurilishga 3 mingdan ortiq kishi jalb qilingan.

Obektning qurilish qiymati noma’lum, bu barcha hisob-kitoblardan so‘ng e’lon qilinishi ta’kidlanmoqda.

Mavzuga oid