AQShda global isish tufayli ko‘priklar ommaviy qulashi mumkin - NYT
Amerika ko‘priklarining aksariyati so‘nggi yillarda kuzatilayotgan anomal haroratga mo‘ljallanmagan.
AQShda global isish tufayli ko‘priklarning ommaviy qulashi xavfi ortib bormoqda. Bu haqda New York Times gazetasi xabar berdi.
Gap shundaki, Amerika ko‘priklarining aksariyati so‘nggi yillarda kuzatilayotgan anomal haroratga mo‘ljallanmagan. Gazetaning yozishicha, haddan tashqari issiq va iqlim o‘zgarishi ortidan ko‘payib borayotgan suv toshqinlari butun mamlakat bo‘ylab ko‘chkilarni keltirib chiqarishi mumkin. Oqibatda mamlakat bo‘ylab odamlarning xavfsiz harakatlanishi va tovarlarni tashish xavf ostida qoladi, deb ogohlantirdi maqola mualliflari.
Gazeta bilan suhbatlashgan mutaxassislar ko‘priklarning eskirishi AQShda tovarlar narxi va yetkazib berish zanjiriga allaqachon ta’sir qilayotganini aytdi.
Avvalroq Chikagodagi Shimoli-G‘arbiy universitet olimlarining tadqiqotida global isish tufayli insoniyat xarajatlari oldingi hisob-kitoblardan olti baravar yuqori bo‘lib chiqqan edi. Olimlar so‘nggi 120 yilda o‘tkazilgan iqlim va iqtisodiy tadqiqotlar ma’lumotlaridan foydalanib, o‘zgaruvchan iqlim sharoitida 2100 yilgacha bo‘lgan xarajatlarni kompyuter yordamida modellashtirdi.
Unda bir tonna karbonat angidrid uchun ijtimoiy xarajatlar 1056 dollarni tashkil etmoqda. Ilgari o‘tkazilgan boshqa bir tadqiqotda iqlim o‘zgarishi tufayli global xarajatlar bir tonna uchun atigi 185 dollar bo‘lishi taxmin qilingandi. Shunday qilib, xarajatlar oldingi hisob-kitoblarga nisbatan 5,7 barobar ko‘payishi ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024