Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva Rossiya bilan chegaradagi ko‘prik mudofaasini mustahkamlamoqda
Litva hukumati Rossiyaning yarim anklav hududi Kaliningrad bilan chegaradosh ko‘prikka minalar va «ajdar tishlari»dan iborat qo‘shimcha mudofaa vositalarini o‘rnatdi.
Litva mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, 5 sentabr kuni o‘rnatilgan blokada vositalari ichida minalar, «tipratikanlar» va «ajdar tishlari» bo‘lib, ular harbiy harakatlarga qarshi yangi chora-tadbirlarni namoyish qiladi. Litva tomoni bu yanada samaraliroq mudofaani ta’minlash uchun ehtiyot chorasi ekanini ta’kidlagan.

Blokada Kaliningrad va Litva chegarasi bo‘ylab o‘tgan Nyoman daryosi ustidagi ko‘prikka o‘rnatilgan.
22 avgust kuni ham Litva – Rossiya anklavi va Belarus bilan chegaralardagi yangi hududlarga mudofaa to‘siqlari o‘rnatilganini ma’lum qilgan edi.


Bu Litva chegaralarimiz bo‘ylab o‘rnatilishi rejalashtirilgan 27 ta maydondan biri. Bu to‘siqlar ham «ajdar tishlari» va «tipratikanlar»dan iborat.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026