Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada xizmat itlariga harbiy unvon berish boshlandi
Polsha Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘tgan yili mamlakat armiyasida xizmat qiladigan itlarga olti turdagi - ryadovoydan kapral va serjantga qadar harbiy unvonlar topshirilishi bo‘yicha farmoyish chiqargan.
Polshada Eynar, Eliot, Enso va Emi laqabli xizmat itlariga yangi dastur doirasida joriy etilgan harbiy unvonlar topshirildi, deb xabar beradi Associated Press.
Qayd etilishicha, Polsha Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i general Veslav Kukula o‘tgan yili mamlakat armiyasida xizmat qiladigan itlarga olti turdagi — ryadovoydan kapral va serjantga qadar harbiy unvonlar topshirilishi bo‘yicha farmoyish chiqargan.
«Ushbu unvon itlarning xizmat davomidagi og‘ir mehnatini qadrlash maqsadida joriy etilgan», — deydi Eliot laqabli itni besh oy davomida shug‘ullantirgan kichik kapral Deniel Kesitski.
Taqdirlash marosimida kinologlarga o‘z iti munosib ko‘rilgan harbiy unvon nishonlari topshirilgan. Ta’kidlanishicha, harbiy unvonlar 1 yildan ortiq vaqtdan beri xizmat o‘tayotgan itlarga berilmoqda.
«Ular portlovchi moddalarni topishga mo‘ljallangan oddiy vosita emas, balki tirik jonzotdir», — deydi kapitan Donimik Plaza.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mukofotga loyiq ko‘rilgan 2-Mazovetskiy muhandislik polki itlari Parijda o‘tkazilgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida obektlarda portlovchi moddalar bor-yo‘qligini aniqlashda fransuz xavfsizlik xizmatlariga ko‘maklashgan.
Polsha armiyasi itlari boshqa xalqaro missiyalarda, jumladan, Iroq va Afg‘onistonda ham xizmat o‘tab keladi. Yoz fasli boshida Ukraina minalarni tozalashda harbiylarga yordam berishga o‘rgatish uchun 12 ta itni Polshaga yuborishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
09:54 / 28.03.2026
Polsha minglab o‘zbekistonliklarni ishga olmoqchi
11:53 / 25.03.2026
Polshada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
18:09 / 23.03.2026