Andijonda homilador ayolning vafoti bo‘yicha prokuratura tekshiruv o‘tkazadi
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga ko‘ra, ekspertlarning dastlabki xulosalari yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga huquqiy baho berish maqsadida prokuratura organlariga taqdim etilgan. Andijon shahar perinatal markazida ro‘y bergan voqeada shifokorlar bemordagi ko‘richakni “sehr” deb, “chalpak va holvaytar qilib tarqatish”ni maslahat bergan.

Andijon viloyati perinatal markazi / Foto: Kun.uz
Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi saqlash vazirligi Andijon shahrida shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi tufayli homilador ayolning vafot etganiga munosabat bildirdi. Bu holat haqida Kun.uz 9 sentabr kuni xabar bergan edi.
SSBning 10 sentabr kuni ma’lum qilishicha, bu haqdagi xabardan keyin holat to‘liq nazoratga olinib, vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida maxsus ishchi guruh tomonidan tezkor o‘rganish ishlari o‘tkazilgan.
“Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga huquqiy baho berish taqozo qilingani sababli ekspertlarning dastlabki xulosalari hamda tegishli hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi. Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilyapti”, – deyiladi boshqarma axborotida.
Bu voqeada, Andijon shahar perinatal markaziga ko‘richak bilan og‘rib murojaat qilgan 26 yoshli, 8 oylik homilador ayolni shifokorlar to‘lg‘oq keltiruvchi ukol yordamida tug‘dirib olishgan. Shifokorlardan biri uning turmush o‘rtog‘iga ayolida kuchli sehr borligini, tezda chalpak va holvaytar qilib tarqatmasa, ayoli o‘lishi mumkinligini aytgan. Ayolning yaqinlariga ko‘ra, shundan keyin uning ahvoli yomonlashgan va ko‘richak yorilishi oqibatida vafot etgan – shifokorlar bemorning ko‘richak bo‘lganini tug‘uruqdan keyin bilib qolishgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28 / 12.06.2025
Mavzuga oid

12:55 / 21.04.2025
Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi

15:56 / 08.10.2024
Tug‘uruqxonalardagi o‘limni qanday kamaytirish mumkin? – Saudiyada ishlayotgan o‘zbek shifokori bilan suhbat

17:35 / 03.10.2024
Sirdaryoda nogiron bolaning onasidan tibbiy xulosa uchun pul olgan shifokorga hukm o‘qildi

11:50 / 17.09.2024