Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya yadroviy salohiyatini sezilarli darajada oshiradi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat yadroviy kuchlari eksponensial ravishda oshirilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu AQSh va uning ittifoqchilaridan kelayotgan tahdidlarning oldini olish uchun zarur.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDRning yadroviy salohiyatini sezilarli ravishda oshirish niyatida. Yadro qurollari sonini eksponensial oshirishga erishish uchun mamlakat yadroviy kuchlarini mustahkamlash siyosatini olib boradi, dedi u 9 sentabr, dushanba kuni Shimoliy Koreya davlati tashkil topgan kun munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda.
Kim Chen In o‘z nutqida «xavfsizlik sohasidagi davlat huquqlarini ta’minlash uchun yadroviy salohiyatni va jangovar tayyorgarlikni yanada chuqurroq mustahkamlash»ga chaqirdi. AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan kelayotgan turli tahdidlarga qarshi turish uchun kuchli harbiy mavjudlik zarur, deya tushuntirdi u.
Shimoliy Koreya yadroviy dasturi
Kim Chen In Shimoliy Koreyani 2011 yildan beri boshqarib keladi va qattiq xalqaro sanksiyalarga qaramay, KXDR yadroviy qudratini doimiy ravishda mustahkamlayapti. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Pxenyan hozirda 20 tadan 50 tagacha yadroviy kallaklarga ega. Shimoliy Koreyadagi oxirgi yadroviy sinovlar 2017 yilda o‘tkazilgan.
So‘nggi paytlarda Koreya yarimorolidagi vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi. So‘nggi ikki yil ichida Shimoliy Koreya raketa sinovlari sonini sezilarli darajada oshirdi hamda AQSh va Janubiy Koreyaga nisbatan ritorikasini kuchaytirdi. Shimoliy Koreya Rossiya bilan harbiy hamkorlikni ham kengaytirdi.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026