Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ahvol og‘ir mahallalar va eng kambag‘al oilalar amaldorlarga biriktiriladi
Kelasi yil mahallalardagi elektr, yo‘l, internet va boshqa infratuzilma masalalarini hal qilish uchun 1,6 mlrd dollar ajratiladi. Respublika darajasidagi 250 nafar amaldorga eng og‘ir mingta mahalla bog‘lab beriladi. Viloyat miqyosidagi 2 ming nafar, tuman miqyosidagi 12 ming nafar amaldorning har biriga 5 tadan sharoiti eng og‘ir oila biriktiriladi.
Tuman hokimlari, sektor rahbarlari kambag‘al oilalar xonadoniga kirib, bu yerdagi sharoitni o‘z ko‘zi bilan ko‘rsagina natija bo‘ladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Odamlarga qancha yordam bermaylik, mahallalar sharoitini yaxshilamasak, kambag‘allik qisqarmaydi”, – dedi prezident.
Shu bois, kelgusi yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga barcha manbalardan 1,6 mlrd dollar ajratiladi.
Bu mablag‘larning 1,2 trillion so‘mi, avvalo, eng og‘ir 300 ta mahallada suv nasoslari va quyosh panellari o‘rnatishga beriladi. Yana 2 trillion so‘m hisobidan eng og‘ir 500 ta mahallada elektr, yo‘l, internet va boshqa infratuzilma masalalari hal etiladi.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun vazirlar, o‘rinbosarlari va maslahatchilari, boshqarma boshliqlaridan iborat 250 nafar rahbarga eng og‘ir mingta mahalla bog‘lab beriladi.
Shuningdek, viloyatdagi 2 ming va tumandagi 12 ming nafar rahbarning har biriga 5 tadan sharoiti eng og‘ir oila biriktiriladi.
Mavzuga oid
09:40 / 14.10.2025
Kambag‘al oilalar farzandlarining to‘garak xarajatlari qoplab beriladi
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
10:55 / 13.12.2024
Kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi
16:14 / 27.11.2024