Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘zgarish bo‘lmayotgan hududlar ma’lum qilindi
Birinchi yarim yillikda Navoiy, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi kambag‘allik darajasida ijobiy o‘zgarish bo‘lmagan. 15 ta tumanda kambag‘allik 20 foizdan yuqoriligicha qolmoqda. 16 ta tumanda esa aholiga bo‘lib berilgan yerlarda 2-3 martadan hosil olish hisobiga kambag‘allik 2 karra kamaygan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar ahvoli hamma viloyat va tumanda ham bir xil emas, deya ta’kidladi prezident Shavkat Mirziyoyev 11 sentabr kungi selektorda.
Davlat rahbariga ko‘ra, o‘tgan olti oyda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda kambag‘allik 2 foizdan ortiq kamaygan bo‘lsa, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent shahrida o‘zgarish bo‘lmagan.
Respublikaning 15 ta tumanida kambag‘allik 20 foizdan yuqori. Bular – Amudaryo, Beruniy, Qonliko‘l, Nukus, Taxtako‘pir, Xo‘jayli, Chimboy, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Gurlan, Yangiariq, Yangibozor va Tuproqqal’a.
Bu tumanlarda kambag‘allikni qisqartirish uchun uch yilda 1,7 trillion so‘mlik arzon kredit va subsidiya berilgan bo‘lsada, o‘zgarish bo‘lmagan.

Aholiga bo‘lib berilgan yerlar bo‘yicha 16 ta tumanda 2-3 martadan hosil olish hisobiga kambag‘allik 2 karra kamaydi. Bular – Paxtaobod, Baliqchi, Gurlan, Xonqa, Oltiariq, Dang‘ara, Konimex, Boyovut, Jomboy, Shofirkon, Sh.Rashidov, Zomin, Shahrisabz, O‘rtachirchiq, Bo‘ka, Taxiatosh tumanlari.
Lekin, 14 ta tuman – Qonliko‘l, Shumanay, Qorovulbozor, Peshku, Chiroqchi, Muborak, Nurobod, Oqoltin, Muzrabot, Bandixon, Qiziriq, Ohangaron, Parkent, Tuproqqal’ada o‘zgarish sezilmayapti.
Tuman hokimlari, ularning iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlariga bu boradagi faoliyati sustligi bo‘yicha qat’iy e’tiroz bildirildi.
Mavzuga oid
09:40 / 14.10.2025
Kambag‘al oilalar farzandlarining to‘garak xarajatlari qoplab beriladi
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
10:55 / 13.12.2024
Kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi
16:14 / 27.11.2024