Iqtisodiyot | 23:14 / 12.09.2024
8821
1 daqiqa o‘qiladi

Oltin narxi yana rekord o‘rnatdi

2024 yil boshidan beri oltinning birja qiymati 20 foizdan ko‘proqqa oshdi.

Foto: Getty Images

Nyu-York Comex birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, oltin narxi 12 sentabr kungi savdolar chog‘ida o‘zining tarixiy rekordini yangiladi va troya unsiyasi uchun 2,58 ming dollardan oshdi.

Toshkent vaqti bilan soat 22:45 holatiga ko‘ra, birjadagi dekabr oltin fyucherslari narxi 2580 dollarga yetdi.

Oltinning birja narxi oxirgi marta 20 avgust kuni o‘z rekordini yangilagan bo‘lib, unsiya uchun 2563,9 dollarga (+0,89%) ko‘tarilgan edi.

2024 yil boshidan beri oltinning birja qiymati 20 foizdan ko‘proqqa oshdi. Bloomberg qimmatli metall narxining oshishini AQSh Federal zaxirasi tomonidan stavkaning pasaytirilishi kutilayotgani va inflatsiyaning o‘sishi bilan bog‘lamoqda.

Avvalroq, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 1,75 mlrd dollarga oshib, 1 sentabr holatiga 39,15 mlrd dollarga yetgan edi. Bu oshish asosan oltin hisobiga ro‘y berdi.

Mavzuga oid