Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Polsha hamkorlik haftaligi o‘tkaziladi
19-26 sentabr kunlari "O‘zbekiston va Polsha hamkorlik haftaligi" o‘tkaziladi.
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, haftalik tadbirlarida qatnashish uchun Polsha Madaniyat va milliy meros vazirligi davlat kotibi Bojyena Jyelazovska, Belostok shahri meri Tadeush Truskolaski boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan bo‘ladi.
O‘zbekiston va Polsha hamkorlik haftaligi ikki tomonlama siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Haftalik davomida Toshkentda O‘zbekiston-Polsha ayollari forumi, Xorazm viloyatida O‘zbekiston va Polsha qo‘shma biznes-forumi, Toshkent va Urganch shaharlarida Anna German kuylari "Sevgi aks-sadosi" nomli konsert, O‘zbek-polyak tarixchilari komissiyasi yig‘ilishi hamda bir qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
09:54 / 28.03.2026
Polsha minglab o‘zbekistonliklarni ishga olmoqchi
11:53 / 25.03.2026
Polshada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
18:09 / 23.03.2026